Qur’on musobaqasi Samarqand shahridagi “Xo‘ja Is’hoqi Valiy” jome masjidida davom etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Ushbu musobaqada respublika bosqichiga chiqish uchun tuman bosqichlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 16 nafar qori, 9 nafar qoriya jiddiy harakat qilmoqda.
“O‘z navbatida, Haq taolo kalomiga some’ bo‘laman, deb kelgan muxlislar ham o‘zlari uchun juda ko‘p manfaatlar olishmoqda. Zero maqsadimiz ham shu, ya’ni Qur’on haqida kishilarga ma’rifat taratish, Qur’onga muhabbat uyg‘otish, musulmon yoshlarni Qur’onga qiziqtirish, iqtidorli qorilarni taqdirlash, qorilar sifati va sonini oshirish, saviyalarini yuksaltirish, yurt va xalqni dunyoga tanitish kabilardan iboratdir”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)