• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zokirjon Almatov: Islom Karimov bilan yonma-yon turib ishlaganimdan Allohga shukurlar qilaman

    Sobiq ichki ishlar vaziri, general-polkovnik Zokirjon Almatov O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov borasidagi xotiralari bilan bo‘lishdi, deb xabar berdi “IslomKarimov.uz”.

    Foto: “IslomKarimov.uz”

    Foto: “IslomKarimov.uz”
    Ochig‘i, men shunday ulug‘ inson, Islom Karimov rahbarligida yonma-yon turib, hamfikr bo‘lib ishlaganimdan avvalo Allohga shukurlar qilaman.

    Umuman, Islom Abdug‘aniyevich haqida juda ham ko‘p yozilgan va umid qilamanki, hali juda ham ko‘p yoziladi. Uning har bir kuni erta bilan mendan telefon orqali axborot olish bilan boshlanar edi. Har kungi axboroti mendan operativ vaziyatda mamlakatdagi tinchlik osoyishtalikka shu bilan birgalikda sodir etilgan jinoyatlarga ham katta ahamiyat berar edilar.

    U kishining har bir so‘zi kechagidek esimda: “Zokirjon bilib qo‘y, mamlakatda tinchlik-osoyishtalikni o‘rnatmasdan turib, ko‘zlagan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Mening va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning asosiy vazifasi ana shu mamlakatda tinchlik osoyishtalikni o‘rnatish”.

    Esimda, 1991-yillar mustaqilligimizning ilk yillari tinchlik, osoyishtalik, yosh hali murg‘ak davlatimiz juda katta xavf-xatarlar ostida edi.

    Muqaddas islom dinimizni niqob qilib, mamlakatimizga har xil missionerlarning kirib kelishi, ularning asosiy maqsadlari vaziyatni izdan chiqarish, yoshlarimizni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirish, ularni har xil diniy oqimlarga a’zo qilish, Islom bayrog‘ini niqob qilib, xalqni qo‘zg‘olonga da’vat qilish edi. 1991-yilda Namangan, Farg‘ona, keyinchalik Andijondagi voqealarni eslaylik.

    Mamlakatda har xil partiyalar va harakatlarning paydo bo‘lishi (“Erk” partiyasi, “Birlik xalq harakati” va boshqalar). Ba’zi bir buyuk davlatlarning ta’sirida bo‘lgan ana shunday partiya va harakatlarning davlatimizni ichidan yemirish, ruxsat etilmagan miting va namoyishlar o‘tkazishga urinishlar. 1992-yil yanvarida Toshkentdagi Talabalar shaharchasidagi voqealar shular jumlasidandir.

    Uyushgan jinoyatchilikning tinchlik-osoyishtalikka, operativ vaziyatga ta’siri katta edi. Har kungi operativ ma’lumotlar 50—60 bosqinchilik, talonchilik, qotillik, har kuni 50 tagacha avtomashinani o‘g‘irlash. Reket va boshqa og‘ir jinoyatlar, ayniqsa, 1991-yilning oxirlarida mamlakatda qayd etilar edi. 1991 -yilning oxirlarida mamlakatda bug‘doy-un mahsulotlarining taqchilligini yuzaga kelishi davlat zaxirasida bor-yo‘g‘i bir haftaga yetadigan bug‘doy, un mahsulotlari qolgan edi. Yuzaga kelgan ana shunday vaziyatlar manaman degan har bir rahbarni dovdiratib qo‘yishi, tinchlik-osoyishtalikni izdan chiqarishi mumkin edi. Ana shunday murakkab vaziyatlarda Islom Abdug‘aniyevich o‘zining komandasi bilan metindek iroda, mardlik, jasurlik ko‘rsatib mamlakatni og‘ir vaziyatlardan olib chiqdilar.

    Bulardan tashqari, O‘zbekistonda yovuz niyatlari amalga oshmagan manqurt kimsalar e’tiborini qo‘shni Tojikistonga qaratdilar. 1992-yilda Tojikistonda qaltis vaziyat yuzaga keldi. U yerda fuqarolar urushi boshlandi. Minglab oilalar uy-joylarini tashlab qo‘shni davlatlarga ko‘chib keta boshladilar. O‘n minglab Tojikiston fuqarolari O‘zbekistonda qo‘nim topdilar. O‘sha og‘ir damlarda, shaxsan Islom Abdug‘aniyevich ko‘rsatmasiga asosan ularga insonparvarlik yordami ko‘rsatildi.

    Tojikistondagi ushbu urushda begunoh insonlar halok bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyotiga juda katta zarar yetkazildi. Qo‘shni respublikadagi ahvol Islom Abdug‘aniyevichni befarq qoldirmadi. Uning shaxsan topshirig‘iga asosan Tojikistonga beg‘araz yordam ko‘rsatila boshlandi.

    Hammamizga ma’lumki, Islom Karimov bir necha bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon hamjamiyati mamlakatlariga murojaat etib, ularni Tojikistondagi vaziyatni barqaror etishga chaqirdilar va buning uddasidan chiqdilar. Oxir-oqibatda, Tojikistonning birligi saqlab qolindi. Islom Abdug‘aniyevich ana shunday rahbar, buyuk inson edi.

    Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, Prezident obro‘si — bu mamlakatimiz, xalqimiz obro‘si. Shuning uchun biz Islom Abdug‘aniyevichning shogirdi, Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga yelkadosh bo‘lib, bir yoqadan bosh chiqarib mo‘ljallangan marralar sari ildam borishimiz lozim. Xalqimizning “Birlashgan o‘zar — birlashmagan to‘zar” degan maqoliga amal qilishimiz kerak. Alloh bizga madadkor bo‘lsin.

    Zokirjon Almatov, Sobiq ichki ishlar vaziri

    19.02.2018, 12:11   Izoh (0)   98708
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yoshlar ittifoqidan yangi loyiha: “Mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor tur”

    19.02.2018, 12:10

    “Toshkent—Andijon—O‘sh—Irkeshtom—Koshg‘ar” koridori 25-fevraldan ishga tushadi

    19.02.2018, 11:48

    O‘zbekiston fuqarolari Oliy Majlisga jamoaviy murojaat qilishi mumkin bo‘ladi

    19.02.2018, 11:44

    Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

    19.02.2018, 11:34

    Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish qayta boshlandi

    19.02.2018, 11:12

    Ahmadboyning kuyovi Olmos Qo‘chqorov: “Eski tizimdagi tergov tazyiqlari sabab hamma narsani bo‘ynimga olganman” (video)

    19.02.2018, 10:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” “Leyptsig” futbolchisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 12 avgust, 09:17

    Turkiyada zilzilada qulagan bino quruvchisi ushlandi

    Dunyo | 12 avgust, 09:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga chiqishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 12 avgust, 09:02

    AQSH kannabisni uncha xavfli bo‘lmagan dori turiga kiritadi

    Dunyo | 12 avgust, 08:59

    Sankt-Peterburgda migrantlarga kuryerlik qilish taqiqlandi

    Dunyo | 12 avgust, 08:27

    Braziliya AQSH tarif choralari tufayli JSTga shikoyat kiritdi

    Dunyo | 12 avgust, 00:15

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.