19—23-fevral kunlari O‘zbekiston fuqaro muhofazasi instituti xodimlari Belarus respublikasining fuqaro muhofazasi universiteti qoshidagi qayta tayyorlash va malaka oshirish institutida “Ilmiy izlanishlar metodologiyasi” mavzusida malaka oshirishga jo‘nab ketmoqda, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
O‘quv kursining maqsadi – favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimlarida ilmiy-o‘quv sohalarida ishlovchi rahbar mutaxassislarning malakasini oshirishdan iborat.
“O‘quv kursi dasturiga ilmiy-izlanishlarni olib borish uslubi, fanning ilmiy-nazariy asoslari, fan sohasida davlat boshqaruv tizimi, ilmiy izlanishlar asosi, ilmiy izlanishlarni tashkillashtirish tartibi kabi sohalarida malaka oshirish kirtilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)