Isroil harbiy havo kuchlari Falastinning HAMAS harakati nazorati ostida bo‘lgan G‘azo sektorining janubiy qismiga aviazarba berdi. Mazkur harakat qo‘lbola bomba portlashi oqibatida to‘rt nafar isroillik askarning yaralanishiga javoban amalga oshirildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Pilotlar oltita nishonga hujum qilgan. Bular Isroil hududiga eltuvchi noqonuniy tunnel, harbiy majmua va HAMAS’ga tegishli qurol ishlab chiqarish bo‘yicha obyekt.
“Mazkur hodisa va uning oqibatlari, shuningdek G‘azo sektori va uning tashqarisida bo‘layotgan hodisalarga HAMAS javobgar”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)