O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya qiroli Abdulla II 15-fevral kuni ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Abdulaziz Komilov ushbu sana munosabati bilan Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safadiyga maktub yo‘lladi.
“O‘zbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini samimiy qutlashdan behad mamnunman”, — deyiladi maktubda.
“O‘zaro ishonch, hurmat va teng huquqlilik tamoyillariga asoslangan o‘zbek-iordaniya munosabatlari o‘tgan qisqa vaqt — 25 yil mobaynida o‘zining yuqori pog‘onalariga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi uzoq muddatli va keng qamrovli sherikligimiz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali bundan keyin ham xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida sezilarli kengayib, chuqurlashib borishiga ishonaman”, — ta’kidladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘z maktubida.
Izoh (0)