Muzliklarning erishi natijasida Yangi Yer arxipelagida yangi orol yuzaga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Janubiy Vilkitskiy muzligidagi orol "Kanopus-V", Landsat-7/8 va Sentinel-1/2 yo‘ldoshlaridan olingan suratlarni o‘rganish chog‘ida aniqlangan.
Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, orol o‘tgan yilning dekabr oyida muzlikning chekinishi natijasida yuzaga kelgan. Orolning o‘lchamlari 410 ga 780 metrni tashkil qiladi.
Ta’kidlanishicha, bunday orollarning hosil bo‘lishi Yangi Yer muzliklarining erish jarayoni tezlashayotganidan darak beradi.
Izoh (0)