“Yabloko” partiyasi 12-fevraldan boshlab Oliver Stounning “Birinchi kanal”da efirga uzatila boshlangan 4 qismli “Putin” filmini noqonuniy saylovoldi tashviqoti deya hisoblamoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.
“Yabloko” yetakchisi Emiliya Slabunova Markaziy saylov komissiyasiga Putin haqida filmning namoyish etilishini to‘xtatish uchun zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rishni so‘rab murojaat qildi. Shuningdek, “Yabloko” noqonuniy tashviqot uchun Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat qilishni rejalashtirgan.
Partiya vakillarining ko‘rsatishicha, filmni ishlab chiqarish va namoyish qilish Vladimir Putinning saylov fondidan to‘lanmagan. Bundan tashqari, mazkur film televideniyeda saylovoldi tashviqoti taqiqlangan paytda namoyish etilmoqda.
Izoh (0)