“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ko‘magida teri kuyishi asoratlari, qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari, lab-tanglayning tug‘ma nuqsoni bilan kasallangan 15 bemor bola Germaniyaga davolanish uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
2002-yilda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar teri kuyishi asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari nuqsoni va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolandi.
Ushbu xalqaro tashkilotning grant mablag‘lari hisobiga 2017-yilda mamlakatdan 146 tug‘ma lab-tanglay nuqsoni bo‘lgan bolada jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
“Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida 174 nafar bolaning salomatligi jarrohlik amaliyoti orqali tiklandi. Teri kuyishi asoratlari bo‘lgan 49 nafar bolada plastik operatsiyalar o‘tkazildi.
Izoh (0)