• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Muhammadali Abduqunduzov: Xalq artisti unvoniga loyiq ko‘rilganim Bobur obrazini yaratganim bilan bog‘liq

    Jurnalist Shahnoza Tojiddinova 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan buyuk shoir va davlat arbobi siymosini gavdalantirgan aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov bilan intervyu uyushtirdi.

    Foto: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

    Foto: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

    —Muhammadali Abduqunduzov Zahiriddin Muhammad Boburning qaysi fazilatlarini hayotiy shioriga aylantira oldi deb hisoblaysiz?

    —1990-yil 20-dekabrdan 30-dekabrgacha “Bobur” videofilmi birinchi marta efirga uzatildi va shundan so‘ng televideniyega tomoshabinlardan minglab xatlar kela boshladi. Bu jarayon xalqimizning Bobur hazratlari tarixiy allomalar orasida eng sevimli qahramoni ekanligini hamda odamlar qay darajada Bobur siymosiga tashnaligini, yuksak ehtirom va e’tiborda bo‘lganining yaqqol isbotidir. Bevosita Zahiriddin Boburning fe’l-atvoriga to‘xtaladigan bo‘lsak, u 12 yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘tkir zehni, kelajakni oldindan ko‘rib chuqur mulohaza ila ish ko‘rishi, kuchli, matonatli jangchi bo‘lish bilan bir qatorda yumshoq ko‘ngilli, dilbar inson bo‘lgani, otasidan meros bo‘lib qolgan hududlarni qo‘liga qilich olib himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilgani barchamizga ma’lum. Eng muhimi 48 yoshida Hindistondek ulkan mamlakatni boshqarib, hayoti jang-u jadallarda o‘tsa-da, biz avdodlarga asqotadigan ma’naviy meros sifatida takrorlanmas ko‘plab asarlar yozib qoldirgani tahsinga sazovordir. Men inson sifatida umr bo‘yi har bir ishimda, xatti-harakatimda Boburdan o‘rnak olib yashashga, unga munosib bo‘lishga intildim va bundan keyin ham intilaman. Ba’zida taqdir taqozosi bilan turli qiyinchiliklarga duch kelgan vaqtlarimda Bobur hazratlari bundan-da og‘ir vaziyatlarda ham turli ziddiyat va to‘sqinliklarga qaramasdan bardoshli bo‘lgani, hattoki Ibrohim Lo‘dini onasi malika Bayda uning joniga qasd qilganidan xabardor bo‘lsa ham saroy a’yonlari kechirmaslikni tavsiya qilishsa-da, ammo Bobur hazratlari e’tiroz sifatida “Malika Baydani kechiraman, boisi kun kelib bizning islohotlarimizni, yutuqlarimizni, xalq hayoti farovon bo‘lishi uchun amalga oshirgan ishlarimizni ko‘rib vijdoni qiynalishining o‘zi unga berilgan eng oliy jazodir”, deya masalaga yakun yasaganini o‘ylab, u kishi ko‘rgan zahmatlari oldida meniki hech narsa emas-ku, deya chuqur mulohaza bilan ish ko‘raman. O‘zimga o‘zim taskin berib, irodali, sabrli bo‘lishga, o‘z ustimda izlanishga odamlarga yaxshilik qilishga va kechirimli bo‘lishga harakat qilaman. Ism bilan jismning bir-biriga monand kelishi hayotda kam uchraydigan noyob hodisadir. Ammo, Bobur timsolida bu tanlov juda to‘g‘ridir. Zahiriddinning ismi va jismi bir-biriga mos kelishi, Bobur ismiga arzirli bir umr sher yurak inson bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

    Foto: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

    —Muxlislaringizga “Bobur” videofilmida tasvirga tushish jarayoningiz xususda so‘zlab bersangiz?

    —Men san’at oliygohini tamomlaganimdan so‘ng, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan musiqali drama teatri jamoasida ijodimning ilk yillarini boshladim. 1985-yili yoz oylari edi. Hamkasbim bilan Hakim at-Terimiziy ziyoratgohi yonidan oqib o‘tuvchi Amudaryo bo‘yida Toshkent shahrida yozuvchi Pirimqulov Qodirovning “Yulduzli tunlar” asariga videofilm tayyorlanishi va ushbu videofilm uchun ko‘plab aktyorlar sinovdan o‘tayotgani haqida suhbatlashib qoldik. Hamkasbim “Muhammadali, balki, siz ham Bobur roli uchun sinov topshirib ko‘rarsiz”, degan fikrni bildirdi. Men esa u kishiga Toshkentda iste’dodli aktyorlar ko‘p, meni olisharmikan degan so‘zni aytdim. U kishi “Mana kun botib kelyapti, shu bilan bir qatorda Hakim at-Termiziydek avliyo inson ziyoratgohi oldida turibmiz ilohim Olloh barcha orzularingizni amalga oshirsin”, deya qo‘llarini duoga ochib omin qildilar. Afsuski o‘sha kunlarda Bobur roli uchun boshqa aktyor tasdiqlanib bo‘lingan, lekin texnik sabablarga ko‘ra videofilmning tasvirga olish to‘xtalib qo‘yilgan ekan. Oradan vaqt o‘tib 1987-yili O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyatimni boshladim. Niyatimiz chin yurakdan xolis ekan, bir muddatdan so‘ng “Bobur” videofilmi uchun qaytadan sinovlar boshlandi va o‘shanda Izzat Sultonning “Kunduzsiz kechalar” spektaklida ikki shaxs Abdulla Qodiriy hamda Otabek obrazini talqin qilgan vaqtlarim edi. Rejissorning tavsiyasi bilan Bobur roliga sinov topshirdim, tasvirga olish ishlari yaxshi yakunlandi va menga natijani kutishimni aytishdi. Buni qarangki omad kulib boqib, badiiy kengash tasdig‘idan o‘tdim. Hayotim davomidagi deyarli amalga oshgan eng ezgu ishlarim, davlatimiz, xalqimiz tomonidan ardoqlanganim, xalq artisti unvoniga loyiq ko‘rilganim barchasida Boburdek ilohiy bir zotning obrazini yaratganim bilan bog‘liq deb baholayman. Mana yigirma sakkiz yildan beri Zahiriddin Muhammad Boburning eng yaxshi fazilat va hayot yo‘lidagi to‘g‘ri deb hisoblagan qoidalarini o‘zim uchun dasturi amal qilib olganman. Hattoki, farzandlarimning komil inson bo‘lib shakllanishida bergan otalik tarbiyamda ham Bobur siymosidagi mardlik, bir so‘zlik, atrofidagi insonlar fikrini hurmat qilish, sabrli va kechirimli, el-yurtiga sodiq va mehribon inson bo‘lish kabi eng yaxshi jihatlarni bolalarimga o‘rnak qilib ko‘rsatib bordim. Nafaqat har bir aktyor, balki har bir inson ham buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosini chuqur o‘rganib, ularga munosib voris bo‘lmog‘i lozim deb o‘ylayman. “Bobur” videofilmi tasvirga olingandan so‘ng andijonlik bir boburshunos akamiz “Bobur hazratlari Afg‘onga yo‘l olib ketayotganlarida oltin beshiklarini mana shu Farg‘ona muzofotlarida qoldirib ketgan ekanlar, degan rivoyat bor. Ehtimol vodiyning buyuk siymolari qatori sizni ham ana shu beshik tarbiya qilgandir. Qiyofangizda qadim miniatyuralarda chizilgan Bobur timsolini aniq-ravshan ko‘rdim. Bunday o‘xshashlik tasodifiy bo‘lishi mumkin emas”, — degan edi.

    Foto: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

    Foto: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

    —Har yangi avlod dunyoga kelishida Zahiriddin Muhammad Bobur tarixi va merosi qaytadan jonlanyapti va uning asarlari yoshlar hayoti uchun asqotyapti. Bu boradagi sizni mulohazalaringiz?

    —Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Adabiyot, nafis san’at, tabiat go‘zalligiga yoshligidan mehr qo‘ygan Zahiriddin Hindiston yerlarini birlashtirish, shaharlarni obodonlashtirish, savdo-sotiq masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bog‘-u rog‘lar yaratish ishlariga homiylik qilishi, Hindistonni obodonlashtirish, unda hozirgacha mashhur bo‘lgan me’moriy yodgorliklar, bog‘lar, kutubxonalar qurdirgani uchun hali hamon hind xalqi Boburdan minnatdordir. Tarixga nazar tashlasak deyarli hech qaysi shoh o‘zi haqida yozib qoldirilgan kitoblarda fe’l-atvorining barcha kamchiliklari va yutuqlari xususida chuqur mulohaza bilan bayon qilishmagan. “Boburnoma” asarida esa u kishi hayoti davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari borasida anchayin arzirli fikrlar bildiradi va farzandlariga ham ko‘p pand-nasihatlar yozib qoldiradi. Shuningdek, Bobur ruboiylari ma’no jihatdan har zamonga va makonga to‘g‘ri kelishi bugungi kunda o‘z isbotini topgan. Boburdan so‘ng 535 yil o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan hali hech bir yozuvchi u kishidek mahorat bilan so‘z o‘yini ila to‘rtlik yoza olmaginini guvohi bo‘lib turibmiz.

    Har kimki vafo qilsa vafo topg‘usidir,

    Har kimki jafo qilsa jafo topg‘usidir.

    Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,

    Har kimki yomon bo‘lsa jazo topg‘usidir.

    Foto: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

    Foto: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

    —Siz “Bobur” videofilmida bundan 28 yil oldin Zahiriddin Muhammad Bobur rolini talqin qildingiz. Oradan shuncha vaqt o‘tdi. Rolingiz borasidagi xato va kamchiliklar xususida o‘ylab ko‘rganmisiz?

    —Bilasizmi inson umrining eng go‘zal va serqirra imkoniyatlar berilgan davri bu yoshlikdir. Bobur ijodiga va shaxsiga bo‘lgan qiziqish bolalik davrlarimdan boshlangan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Qalbimdagi uning shaxsiga bo‘lgan intilish juda kuchli bo‘lgan, hozir ham shunday desam to‘g‘ridir. Ijodimni shijoat bilan boshlagan davrlarimda aktyor sifatida o‘zimni namoyon etishim uchun Bobur rolini yaratish menga topshirildi va bor kuchimni bir joyda jamlab katta qadamlar bilan o‘z oldimga qo‘ygan maqsadim sari intilib, qo‘limdan kelgancha Boburni talqin etishga harakat qildim. Aminmanki, to‘g‘ri o‘ynadim deb hisoblayman va bu boradagi yuksak va xolis bahoni xalqimiz berdi. To‘g‘ri, xato va kamchiliklarsiz hech bir ish amalga oshmaydi. Ammo ushbu inson qiyofasini yoshlik yillarimda gavdalantirganim eng katta yutug‘im va imkoniyatimdir. Aynan yoshlik shijoati, g‘ayrati bilan Bobur rolini o‘ynaganim odamlarga ma’qul keldi, balki hozir bu rolni ijro etsam-da, avvalgidek insonlar qalbiga Bobur shaxsini jonlantirib olib kirolmasmidim, deb o‘ylab qolaman. “Bobur” videofilmini uyda o‘tirib ko‘p marotaba tomosha qilaman va yaxshiyamki Bobur talqinini yoshlik davrlarimda ijro etish nasib etganiga ming bora shukr aytaman.

    —“Bobur” videofilmini suratga olish jarayonida siz uchun muhim bo‘lgan esda qolarli voqea bormi?

    —Samarqandga kelib, suratga olinadigan birinchi kun hammamiz Go‘ri Amirga kirib fotiha o‘qidik. Keyin men o‘zim yolg‘iz qolib, alohida Qur’on tilovat qildim. Sohibqiron hoki poyi oldida Xudoga iltijo qildim.“Mana bu yerda abadiy qaror topgan ulug‘ bir bir bandang – Amir Temurning nevaralaridan birining hayotini elga ko‘rsatib berishga kirishganman. O‘zing qo‘lla va mendan marhamatingni ayama!”, deya o‘zidan so‘radim. Ish boshlanib ketdi. Ko‘pincha filmga olish ishlarida albatta nimadir bahona bilan suratga olish jarayonlari to‘xtab qolishi mumkin. Lekin ishonsangiz, Samarqandda yuzdan ortiq epizodlar, shuningdek, bir yil-u uch oy davomida suratga olish ishlari davom etgan bo‘lsa-da, biron marta tasvirga olish to‘xtab qolmadi, aksincha, ish jarayonlarimiz o‘z-o‘zidan yurishib ketardi. Hattoki, Buxoro shahrida otlar bilan bog‘liq jang sahnasini tasvirga olish ishlarida meni va Mahmud Ismoilovning otlari to‘qnashib ketishdi va bizni Olloh o‘z panohida asradi. Barcha suratga olish jarayonlari omadli kechdi. Ko‘plab videofilmlarda rol ijro etdim-u, lekin bunaqasi bo‘lgan emas.

    14.02.2018, 17:27   Izoh (0)   24612
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ilk bor jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi bajarildi

    14.02.2018, 16:21

    Andijon Bobur tavalludining 535 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaga mezbonlik qildi

    14.02.2018, 15:58

    55 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘tirgan avtobus Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida qutqarib qolindi

    14.02.2018, 15:48

    O‘zbekistonlik fan arbobi: Kirish imtihonlarini MXX emas, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nazorat qilishi kerak

    14.02.2018, 15:18

    Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yangi rahbar va o‘rinbosarlar tayinlandi

    14.02.2018, 14:58

    Nukusda otliq va velosipedli patrul xizmati yo‘lga qo‘yildi

    14.02.2018, 13:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.