O‘zbekiston — Qozog‘iston chegarasida ikkita nazorat-o‘tkazish punkti quriladi, deb xabar beradi “Kazinform”.

Foto: “Kazinform”

“Qozoq-o‘zbek chegarasida tovar o‘tkazishi hajmining kengayishi munosabati bilan hamda ikki davlat hukumati o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, bojxona xizmati uchta postda tun-u kun ishlash rejimiga o‘tadi. Bundan tashqari, yana ikkita yangi ‘Sirdaryo’ va ‘Selinniy‘ nazorat-o‘tkazish punkti quriladi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, yangi dengiz porti hududidagi tun-u kun ishlovchi “Qo‘riq” o‘tkazish punkti faoliyatini ham takomillashtirish zarur.