Yaponiya hukumati Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) mamlakatlari Pxenyanga nisbatan joriy etilgan xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun KXDRga noqonuniy yo‘llar taqdim etmasligiga umid qilmoqda. Bu haqda 12-fevral, dushanba kuni Yaponiya TIV rahbari Taro Kono ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Sanksiyalarga munosabatlarimiz to‘liq mos tushadi. Yaponiya Shimoliy Koreya ASEAN mintaqasida BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan joriy etilgan cheklovlarni chetlab o‘tish imkoniyatini topmasligi uchun ko‘mak ko‘rsatadi”, — deydi Kono.
U KXDR uchun kontrabanda neft mahsulotlari okeanning o‘zida tankerdan tankerga qayta yuklanganligi faktlarini keltirib o‘tdi. Yapon vazirining so‘zlariga qaraganda, bu yil ASEANga raislik qiluvchi Singapur BMT Xavfsizlik kengashi sanksiyalarining so‘zsiz bajarilishi tarafdori.
Izoh (0)