O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida grafik rassom Husan Sodiqovning “Satira va ifoda” nomli illyustratsiyalar ko‘rgazmasi ochildi, deb xabar berdi O‘zA.
Ko‘rgazmada rassomning hajviy hikoya va latifalarga ishlangan 44 ga yaqin illiyustratsiyalar hamda 100 dan ortiq sharjlari (hazil surat) namoyishga qo‘yilgan.
Suratlarda asrlar osha latifa va hangomalarda yashab kelayotgan Nasriddin afandi, Aldar ko‘sa kabi o‘zbek, turk, eron, ozarbayjon va qozoq xalqlarining qahramonlari tasvirlangan.
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Husan Sodiqovning ijodiy ishlari nafaqat O‘zbekistonda, balki, chet ellarda ham, jumladan, Janubiy Koreya, Portugaliya, Kipr, Turkiya, AQSh, Xitoy, Ispaniya, Gongkong, Yaponiya, Rossiya kabi davlatlarda shaxsiy kolleksiyalarda saqlanib kelmoqda.
Ko‘rgazma 23-fevralgacha davom etadi.
Izoh (0)