2017-yil yanvar—dekabr oylarida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 273,6 million dollar yuborilgan. Bu haqda, Qozog‘iston Milliy banki e’lon qilgan ma’lumotlarga asoslanib, Spot xabar bermoqda.
Bu 2017-yilda Qozog‘istondan xorijga o‘tkazilgan jami pul mablag‘larining 18 foizini tashkil etadi. Pul o‘tkazmalarining 38,6 foizi Rossiya, 8,6 foizi Qirg‘iziston, 7,8 foizdan esa Xitoy va Turkiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qayd etishlaricha, Qozog‘istondan xorijga o‘tkazilgan pul mablag‘larining asosiy qismi — 766 million dollar yoki 51 foizi — “Zolotaya korona” tizimi orqali jo‘natilgan.
Izoh (0)