• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev — MXXning eski mulozimlari haqida: “Bizga odamlarni poylab yuradigan MXX kerak emas”

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-yanvar kuni Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida o‘tgan yig‘ilishdagi nutqining yangi audioparchasi ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqaldi. “Kun.uz” to‘rt yarim daqiqalik yangi audiodagi Prezident so‘zlarini matn ko‘rinishida e’lon qildi.

    Unda Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmatining avvalgi rahbariyati tarkibida bo‘lgan shaxslarni, xizmatning sobiq yuqori martabali vakillarini ayovsiz tanqid qilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Xususan, Prezident o‘z nutqi davomida xizmatning bir necha amaldorlarini sotqinlikda ayblagan.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev MXXning sobiq mulozimini “sotqin” deb atadi (audio)

    Avvalroq internetda o‘sha yig‘ilishdagi Prezident nutqining MXX faoliyatiga bag‘ishlangan birinchi qismi paydo bo‘lgan, unda Shavkat Mirziyoyev MXX raisining sobiq o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomovni “sotqin” deb atagan edi. Yangi audioda G‘ulomovning “vatanga xiyonatchiligi uchun bir umrga qamalgani” ma’lum qilingan.

    Bugun Boysun MXX rahbari mayor Sunnatullo Eshquvvatovni ishdan oldirdim. Negaki, bular o‘z o‘rnini bilmadi, o‘z ishini qilmadi. Milliy xavfsizlikdagilar Surxondaryoni o‘ldirgan. Ikki-uch sotqin, davlat sotqinlari ishlagan. Hammasidan xabarim bor. Angor tumanidagi boshliq Bahrom Abdumo‘minov, tergov bo‘limi boshlig‘i kapitan Berdimuhammedov ham ishdan olindi. Bular Surxondaryoni ot o‘yin qilib tashlagan. Hamma tizimni egallagan, hamma tashkilotni egallagan. Yana bir-ikkitasi Toshkentda yuribdi, borib ishdan olaman. Polkovnik Haydarov ham sotqin. Uniyam, boshqalariniyam ishdan oldim...

    Endi hammang (MXXning joylardagi rahbarlari) majlisga kelib o‘tirasan. Tumandagi majlisgayam. Oyog‘ing yerdan uzilmasdan, majlisda o‘tirasan. Yo‘qsa, menga bunday xizmat kerakmas. Shu paytgacha poraxo‘rlik qilib, hammayoqni sharmanda qilib keldinglar. Tushunarlimi, yo‘qmi?.. MXXning generallarini, uchta rais o‘rinbosarlarini ishdan olib tashladim. Surxondaryoda ishlab ketgani bor edi, Toshpo‘latov g‘irt o‘g‘ri edi...

    Men bu yerga xalqqa halol xizmat qilish uchun kelganman. Bu noinsoflarni bilaman, yerga qarab yuribdi. Hali hammasi joy-joyiga tushadi. Shuni bilinglar. Hokim, hokimiyatdagi to‘rtlik mening vakilim. Qo‘rqmanglar. U zamon tugadi. Ularga otasidan qolgan vakolat yo‘q. Hech kimmas bular. Bularning qo‘lidan kabinetda o‘tirib, g‘o‘ddayishdan boshqasi kelmaydi. Bularning g‘o‘ddayishi davlatga og‘ir tushdi. MXXda yana bitta g‘o‘ddaygani bor edi. Vatan xiyonatchisi bo‘lib, hozir umrbod qamaldi. G‘ulomov degan noinsof. Uning ildizlari bor haliyam. Toshkentda o‘rgandim, bugun kelib odamlarini ishdan oldim. Endi har bittasini o‘zim ishga tayinlayman.

    Bizga Milliy xavfsizlik xizmati kerak. Adolatli va halol odamlar kerak, bizga hokimni poylaydigan, davlatning boshqa odamlarini kuzatadiganlar kerak emas. Bo‘ldi, u zamonlar tugadi. Eplay olmasa, vallomatini ham ishdan olaman. Shuni bilinglar. Davlat davlatligini qiladi. Avvalgi rahbarlar ularga shunday vakolatlar bergan bo‘lsa, unaqa rahbarlar endi yo‘q. Xalq menga ishondimi, bu ishonchni oqlayman.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Eslatib o‘tamiz, Prezident ushbu nutqni 2018-yil 19-yanvar kuni o‘qilgan. 31-yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmati raisi o‘zgardi — tashkilotga 1995-yildan beri rahbarlik qilib kelayotgan Rustam Inoyatov o‘rnini shu vaqtgacha bosh prokuror lavozimida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullayev egalladi. MXXdan ketgan Rustam Inoyatov Prezident davlat maslahatchisi va senator etib tayinlandi.

    10.02.2018, 16:24   Izoh (0)   198105
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avtobuslar sotib olindi, biroq yurish sotib olinmadi

    10.02.2018, 15:24

    Muslimbek Yo‘ldoshev qalamiga mansub “Suxandonlar” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    10.02.2018, 15:10

    Toshkent shahridagi Qur’on musobaqasida 490 ga yaqin ishtirokchi qatnashadi

    10.02.2018, 14:44

    “Lukoyl” Qandim gazni qayta ishlash zavodining ikkinchi navbatini 2018-yil aprelida foydalanishga topshiradi

    10.02.2018, 14:29

    Farg‘ona viloyati tibbiyot tizimidagi bir qator rahbarlar ishdan olindi

    10.02.2018, 13:31

    O‘zbekistonga bir yilda tashrif buyurgan yaponiyaliklar soni ilk bor salkam 10 ming kishiga yetdi

    10.02.2018, 11:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.