Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Verner Lipak Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha departamenti bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda OTB matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Foto: UZ24

Foto: UZ24

Undan oldin bu lavozimni Shon O’Sallivan egallab turgandi.

Lipak bosh direktor sifatida mintaqadagi 10 davlat — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston va Afg‘onistonda ushbu moliya muassasasi faoliyatini boshqaradi.

U mintaqada OTBning 155 ta loyihasini o‘z ichiga olgan 18,6 milliard dollarga teng portfeli amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Yangi bosh direktor, shuningdek, Osiyodagi eng yirik mintaqaviy hamkorlik dasturlaridan biri — Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasidagi ishlarga ham rahbarlik qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda