IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh rahbarligidagi koalitsiya Suriyada hukumatparast kuchlarga zarba berishi haqida Rossiyani oldindan ogohlantirgan, deb yozadi “Gazeta.ru” Pentagon rasmiy vakili Dana Uaytga tayanib.
“Koalitsiya hafta davomida rejimni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar asta-sekinlik bilan oshirilayotganini kuzatdi. Koalitsiyaning rasmiy shaxslari Rossiya rasmiy shaxslarini SDF kuchlarining ishtiroki haqida hujumdan avval nizolar oldini olish kanallari bo‘yicha ogohlantirdi. Bu kanallar o‘z maqsadini bajardi”, — dedi Uayt.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari bilan aloqa koalitsiya kuchlari hujumi chog‘ida ham, undan keyin ham tutib turilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)