Rossiyaning Voronej shahrida Suriyada halok bo‘lgan Su-25 uchuvchisi Roman Filipovning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Marosim shaharning Shimoliy mikrotumanidagi harbiy shaharcha Ofitserlar uyida bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Filipov bilan Kominternovskiy qabristonida vidolashishdi.
Vidolashuv marosimida ikki mingga yaqin kishi qatnashdi, shuningdek, besh marta salyut otildi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va boshqa harbiy qo‘mondonlar Roman Filipov bilan Podmoskovyedagi Chkalov aerodromida vidolashgandi.
Izoh (0)