• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sitsiliyadagi Buxoriy qishlog‘iga buxoroliklar asos solganmi?

    “Xalq so‘zi” gazetasida Ahmad Tursunning Sitsiliyadagi Buxoriy qishlog‘i tarixi haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Tarix fanlari doktori, professor Robert Landa Sitsiliya oroliga qilgan sayohati chog‘ida bu yerdagi Bukkeri qishlog‘iga qo‘ndi va, tabiiyki, olimlarga xos qiziquvchanligi tufayli qishloqning tarixi bilan qiziqdi. Ma’lum bo‘lishicha, “Bukkeri” degani “buxoriy” so‘zining buzib aytilgan shakli bo‘lib, to‘qqizinchi-o‘ninchi asrlarda Buxorodan kelgan bir jamoa orolni maskan tutgan ekan.

    Buxoriylar olis Italiyadagi bu orolga qanday borib qolishgan? Tarixdan ma’lumki, milodiy sakkizinchi asrda musulmonlar Sitsiliyani fath etdi va 1091-yilgacha bu yerda hukmronlik qildi. Fotihlar orasida arablar, barbarlar, zanji afriqoliklar va boshqa Islom mamlakatlarining vakillari bo‘lgan. Italiya sharqshunosi Mikele Amarning hisobiga ko‘ra, hozir orolda bir vaqtlar musulmonlar barpo etgan yoki egallagan shahar va mavzelarning arabcha 328 nomi hamon saqlanib qolgan.

    Musulmonlarning kemalari Sitsiliyadagi istehkomlari yordamida Italiya, Fransiya, Ispaniya sohillariga Islom da’vati bilan yetib bordi. Ayni paytda orolda musulmonlar hukmronligi o‘rnatilganidan keyin qishloq xo‘jaligi gullab-yashnadi, sun’iy sug‘orish keng qo‘llanila boshladi. O‘sha paytda butun Yevropaga notanish bo‘lgan pilla, paxta, shakarqamish, sholi, po‘rtahol, limon, xurmo yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda navshatir olishdi, yirik temir koni ochildi. Musulmon Sitsiliyasi qo‘shni o‘lkalarni oziq-ovqat, gazlama, qurilish yog‘och-taxtasi bilan ta’minlay boshladi. Orolning arab tojirlari Neapol, Salerno, Amalfo va Italiya janubidagi boshqa savdo shaharlarida muqim joylashib olishdi. Shoir va sayyohlar Sitsiliya bog‘lari, daryolari, favvoralarini, bu yerda o‘tkaziladigan musulmon bayramlarining jozibasini basma-basiga kuylashardi.

    1061—1091-yillarda orolning tinchi buzildi. Italiya janubida o‘rnasha boshlagan normanlarga qarshi qattiq kurash olib borishga to‘g‘ri keldi. Normanlar oxiri orolni bosib olishdi. Biroq Sitsiliyadagi arab-Islom madaniyatining kuchi va uning bosqinchilarga ta’siri shunchalik katta ediki, hokimiyat almashuvi ham hech narsani o‘zgartira olmadi. Shaharlik musulmonlarning anchagina qismi orolni tark etib, Misr va Mag‘rib o‘lkalariga ko‘chib ketgan bo‘lsa-da, normanlar davlatida arab tili va madaniyati gullab-yashnayverdi. Musulmonlar hamon muhim vazifalarni egallab turishardi. Arab hunarmandlari va tojirlari o‘z imtiyozlarini, shu jumladan, Islom diniga e’tiqod qilish erkinligini saqlab qolishdi. Ular yashayotgan mahallalarda masjidlar hamon ko‘kka bo‘y cho‘zib turardi. Normanlar o‘z armiyalarida musulmon jangchilar va arab muhandislaridan foydalanishardi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Normanlar hukmronligi davrida (1091-1194) Sitsiliyada musulmon kiyimlari, arab tilidagi yozishmalar, musulmon taqvimi sanalari va Qur’on oyatlari zarb qilingan tangalar keng tarqalgan edi. Saroyda arab mudarrislari va so‘z ustalari xizmat qilishardi.

    O‘n ikkinchi asrda qirol Rojer Ikkinchi saroyida ulug‘ arab olimi Abu Abdulloh al-Idrisiy istiqomat tutgan edi. Mag‘ribda tug‘ilgan, xulafoi roshiddining to‘rtinchisi hazrati Ali (roziyallohu anhu)dan tarqagan idrisiylar vakili bo‘lmish bu olimni keyinchalik Islom dunyosida “Ash-sharif as-saqoliy” (sharafli sitsiliyalik) deb ataydigan bo‘lishdi. Uning qalamiga mansub “Hayratga tushgan sayyohning turli o‘lkalardagi mashg‘ulotlari” nomli kitob o‘sha paytdagi jug‘rofiy asarlarning eng mo‘tabar va ishonchlisi bo‘lib, uzoq asrlar mobaynida musulmon va nasroniy olimlar orasida ilmiy qimmatini yo‘qotmay turdi.

    Sitsiliyadagi arab-Islom madaniyati o‘n ikkinchi-o‘n uchinchi asrlarda, ayniqsa, bir paytning o‘zida Olmoniya imperatori va Quddusi sharif qiroli bo‘lgan Fridrix Ikkinchi davrida gullab-yashnadi. Uning saroyida arab she’riyati, musiqasi, urf-odatlari hukmron edi. Qirol bir qancha musulmon olimlari va faylasuflariga homiylik qildi, o‘zi chin muxlisi bo‘lgan Ibn Sino va Ibn Rushd asarlarini arabchadan lotin tiliga o‘girishga farmon berdi.

    O‘n beshinchi asrga kelib Sitsiliyada arab tili yo‘qolib ketsa-da, arab-Islom hazorasining oroldagi ta’siri uzoq vaqt muhrlanib qoldi. Uning izlari aholi maskanlari nomlarida, til lahjalarida, ayrim urf-odatlarda, orolning hozirgi fuqarolari tarixiy xotirasida saqlanib qolgan. Oroldagi Buxoriy qishlog‘i ana shu olis tarixning bir shu’lasidir.

    09.02.2018, 16:30   Izoh (0)   27870
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onadagi Qur’on musobaqasida qatnashish uchun 1244 kishi ro‘yxatdan o‘tdi (foto)

    09.02.2018, 16:24

    Ernst & Young Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi samaradorligini oshirish bo‘yicha dastlabki hisobotini taqdim etdi

    09.02.2018, 16:20

    Markaziy bank: 2018-yilda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining narxida o‘sish kuzatildi

    09.02.2018, 16:14

    O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganayotgan yoshlar qaysi so‘zlarni ko‘proq ishlatadi?

    09.02.2018, 16:04

    O‘zbekiston mahsulotlarini eBay va AliExpress orqali sotish yo‘lga qo‘yiladi

    09.02.2018, 16:01

    Oqqo‘rg‘onda IShID a’zosi 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    09.02.2018, 15:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda giyohvandlik laboratoriyasini ochgan ikki o‘qituvchi qamoqqa olindi

    Dunyo | 5 avgust, 22:15

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Meksikada tashlandiq uydan 32 ta bo‘laklangan jasad topildi

    Dunyo | 5 avgust, 22:05

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.