Shavkat Mirziyeyov “Kirish turizmini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbalari ma’lum qildi.
Qarorda “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi doirasida qator choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, hujjatning oltinchi bandiga muvofiq, Moliya vazirligiga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muhlat ichida O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va xodimlarini mamlakatga turistik oqimni ko‘paytirish borasidagi xizmatlari uchun budjet mablag‘lari hisobidan mukofotlash tartibini ishlab chiqish topshirildi.
Bundan tashqari, turistik oqimni oshirish bo‘yicha vazifalarni bajarmaslik yoki qoniqarsiz bajarish uchun javobgarlik choralari ko‘rilishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)