Yaponiya tajovuz yuz bergan taqdirda zarba berish uchun salohiyatga ega emas, yadro quroliga ega bo‘lishdan bosh tortgan va shu tufayli Vashingtonning o‘z ittifoqdoshlarini himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarini tasdiqlovchi AQShning yangi yadroviy doktrinasini yuqori baholaydi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Tajovuzga duch kelib qolsa, Yaponiya Shimoliy Koreyaga oddiy qurol-yarog‘ bilan zarba berish imkoniyatiga ega emas, yadro salohiyatidan esa mamlakatimiz milliy siyosat asoslaridan biri sifatida voz kechadi, — dedi vazir. — Shu bilan bir vaqtda xalqaro vaziyat so‘nggi yillarda sezilarli ravishda yomonlashdi, mamlakatimiz Shimoliy Koreya tomonidan keskin ravishda o‘sgan raketa va yadro tahdidi qarshisida turibdi. Shu sababdan Yaponiya hukumati ittifoqdoshlarni himoya qilish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi AQSh yadro doktrinasining yangidan ko‘rib chiqilishini yuqori baholaydi”.
Pentagon yangilangan yadro doktrinasini 2-fevral kuni e’lon qilgan edi. Unda, xususan, AQSh o‘z majburiyatlarini 30 dan ortiq davlatda tarqatishi ta’kidlangan.
Izoh (0)