KXDR Koreya Respublikasida qishki Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan vaqtda istisno tariqasida o‘z artistlarini Seulning bir tomonlama sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda kemada yuborishni taklif qildi. Sanksiyalar 2010-yilda joriy etilgan. Bu haqda 5-fevral, dushanba kuni Yonhap News agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
KXDR 4-fevral, yakshanba kuni Seulni 140 kishidan iborat “Samchjiyon” musiqiy ansamblini 6-fevral, seshanba kuni “Mangyonbon-92” kemasida yuborish va truppaning harakatlanishi uchun undan foydalanish rejalari haqida xabardor qildi.
KXDRning mazkur rejasi Koreya Respublikasi tomonidan 2010-yilning 24-may kuni joriy etilgan bir tomonlama sanksiyalarni buzish hisoblansa-da, Seul Olimpiada muvaffaqiyati uchun istisno tariqasida cheklovni olib tashlash ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Sanksiyalar Shimoliy Koreya kemalarini Koreya Respublikasi portlariga kirishini taqiqlashni ko‘zda tutgan.
Izoh (0)