Namangan viloyatida Qur’on musobaqasi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Musobaqa 4—6-fevral kunlari Namangan shahridagi “Imomi A’zam”, Uychi tumanidagi “Xudoyberdi eshon”, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Qulluqtol” va Chust tumanidagi “Mavlono Lutfulloh” jome masjidlarida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa belgilangan barcha hududlarda tayyorgarlik ishlari keng ko‘lamda olib borildi.
Viloyatda musobaqaning dastlabki saralash bosqichida 363 nafar erkak va 223 nafar ayol, jami 586 kishi ishtirok etadi.
Izoh (0)