Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida “Hikmatlar olami” I respublika xattotlik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan festival ochilishida hunarmandlar, diplomatik korpus va keng jamoatchilik vakillari, san’atkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Festival doirasida yuzdan ortiq xattot va hunarmandning ijodiy ishlari namoyish etildi. Taqdim etilgan xattotlik ishlari hay’at tomonidan yuqori baholanib, ishtirokchilar “Eng mohir xattot”, “Yangi yozuv turini yaratgan eng mohir xattot”, “Amaliy san’at asarlarida xattotlik namunalaridan foydalangan eng mohir hunarmand”, “Eng yosh xattot”, “Nasta’liq xati bo‘yicha eng mohir xattot”, “Suls xati bo‘yicha eng mohir xattot”, “Devoniy xati bo‘yicha eng mohir xattot”, “Qur’on xattotligi”, "Me’moriy xattot" kabi nominatsiyalar bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ilk bor o‘tkazilayotgan xattotlik festivali joriy yilning 3-fevraliga qadar davom etadi.
Izoh (0)