• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qozog‘iston havosi uchun “soliq” to‘lab, topib olgan 10 rubli uchun yig‘lagan o‘zbekistonlik muhojir hikoyasi (video)

    “Daryo” internet-nashri “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilishda davom etadi. E’lon qilinayotgan bu fikrlarda mehnat muhojirlari uchun shart-sharoitlar yaratish yo‘lida bugun boshlangan ishlar, o‘zgarishlar uchun taklif o‘laroq jaranglagan izohlar ham yo‘q emas.

    E’lon qilinayotgan navbatdagi monolog — 2005-yilda Qozog‘iston orqali Rossiyaga ishlashga borgan o‘zbekistonlikning 10 kun davomida qanday qiyinchiliklar bilan Moskvaga yetib olgani hikoya qilinadi (uni “Daryo” muharriri Dilshod Sharipov yozib oldi). Muhojirning iltimosiga ko‘ra, ismi-sharifi va uning shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilmadi, matn juz’iy tahrirlarga uchradi.

    2005-yilning mart oyi edi. Qo‘shni qishloqdan 16 kishi Rossiyaga ishga ketyapti, yana ishchi bo‘lsa olib ketarkan, degan gapni eshitdim. O‘shanda dehqonchilik qilaman deb urug‘likka yeryong‘oq olib, chaqtirib qo‘ygandim. Qo‘shni qishloqqa borsam, bir ayol eri Rossiyada prorab ekani, oddiy ishchilarga 400—500 dollar, ustalarga 1000 dollardan va’da qilayotganini aytdi. Gaplariga ishonmadim, ammo ozroq ishlab kelsam, ota-onamga yordam bo‘ladi, deb o‘yladim. Otam avvaliga: “Bolam, ko‘z oldimizda dehqonchiligingni qilaver”, dedi. Ammo oilamiz katta, akamga uy solish, singillarni turmushga berish, o‘zim esa uylanishim kerak. Otam oxiri noiloj rozi bo‘ldi. Urug‘lik uchun olgan yeryong‘oqlarimni sotdim. Qishloqda birinchilardan bo‘lib Rossiyaga yo‘l oldim. O‘shanda otam aytgan so‘zlar hamon yodimda: “O‘zingdan ortsa, jo‘nat. Bo‘lmasa, o‘zingni o‘yla”.

    2-mart kuni yo‘lga chiqdik. O‘rtadagi vositachilar Qozog‘iston orqali Moskva poyezdiga chiptasiz chiqarib yuborish uchun 170 ming so‘m pul so‘radi. Rozi bo‘ldik — o‘sha vaqtlarda bu ancha katta pul edi. Birinchi kuni chegaradan o‘tolmay ortga qaytdik. Toshkentdan qaytgach, ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘ldi. Rossiyaga borish fikridan qaytib, pulini so‘ray boshlaganlar ham bo‘ldi. Vositachilar 5-mart kuni bizni yana Toshkentga olib ketdi. “Qoplonbek” postidan Qozog‘istonga o‘tib oldik. Kechgacha yuk mashinalar avtoturargohida o‘tirdik, qorong‘ida 2-3 mashina kelib, bizni Chingeldi qishlog‘iga olib ketdi. Yangi qurilgan uyga joylashdik. Qozog‘istonlik vositachilardan birining uyi ekan.

    Poyezdlarda tekshiruv kuchli bo‘layotgani uchun besh kun o‘sha yerda qolib ketdik. Sumkalarimizdagi nonlarimiz oxirlay boshlagandi, choyni ham uy egalaridan sotib olardik.

    Beshinchi kuni kechqurun o‘rtakash kelib: “Ertaga saharda poyezdga chiqamiz, tayyor turinglar”, dedi. Tong qorong‘isida bir guruh musofirlar kelib, bizga qo‘shildi. Vohaliklar ekan, orasida ayollar ham bor edi. Ularning ortidan shirakayf bir qozoq keldi. “Hammang 100 rubldan yig‘laring”, dedi. Pulimiz yo‘qligini aytgandik, “Bo‘lmasa hech qayerga ketmay, meni boqasanlar”, dedi. Hamma hayron, poyezd kelishiga oz qolgan. Yoshi kattalar nega pul berishimiz kerak deb savol berdi. Qozoq bizga qarab: “Kelganlaringga necha kun bo‘ldi?”, deb so‘radi. “Besh kun”, deganimizdan so‘ng, “Ana, ko‘rdilaringmi, besh kun Qozog‘istonning havosidan nafas olgansanlar, to‘lamasalaring har narsa qilaman!”, dedi. Noiloj, to‘ladik.

    Poyezd keldi. Bekatda juda oz vaqt turar ekan — yugurib-yiqilib, amallab chiqib oldik. Ichi to‘la odam. O‘tirishga joy yo‘q. Bu “Toshkent—Ufa” reysi bo‘lib, unda asosan savdogarlar ekan. Yukxonaga chiqib yotdik. O‘rtakash: “Sigareta va suv-puv ichishingizga 300 rubl yetadi, qolgan xarajatlar mendan”, degandi. Birinchi bor rubl ushlashimiz, uni ancha pul deb o‘ylaganmiz. Yo‘lda qorin ochdi, sumkamni qarasam bir dona non qolibdi — nonni o‘rtaga qo‘ydim-u, o‘zim zo‘rg‘a bir burda ushatishga ulgurdim. Bir yarim kun o‘tdi, tushlik qilmagandik. Kechki ovqatga biron narsa yeb olarman deb, tamburga yo‘l oldim. Yonimda 200 rubl qolgan, 100 rublni old kissamga, qolgan 100 rublni ichki kissamga yashirdim. Tamburda bir necha odam chekib turgan ekan. O‘zim chekmayman, ular bilan gaplashib turgandim — qozoq militsionerlari kelib, hammani titib, topgan narsasini olib qo‘ya boshladi. Pulimni yashirishga ulgurmadim, old cho‘ntagimdagi 100 rublni olib qo‘ydi. “Yegani hech narsam yo‘q, bu pulga non olaman, bering”, dedim. Militsioner yuzimga tarsaki tushirib, “Pulni sendan olganimni isbotla, bo‘lmasa qamataman”, dedi. Indamadim. U chiqib ketdi.

    Yana plastik idishga hojatxonadagi umivalnikdan suv olib ichdik. Yotsam ham uyqum kelmaydi, qornim och. Bir yarim kun shu suv bilan yurdim. Issig‘im ko‘tarilib, tanam olovdek yonardi.

    Shu tariqa Orenburgga yetib oldik. Poyezddan tushib, vokzalga kirdik. O‘sha yerning bir o‘rtakashi bor ekan, hammani bir tarafga saflab, 1000 rubldan yig‘masak, chiqib ketishimiz mumkinligini aytdi. Noiloj, pul yig‘dik — tashqari sovuq, qayoqqa ham borardik. Vokzalda ikki kun qolib ketdik. Qornimiz och, vaqt o‘tkazish uchun uxlaymiz. Tangalarni tashlab, 3-4 ta qora buxanka non olib, yedik. Kimlardadir pul bor, meniki tugagan, yeyishga hech vaqoim yo‘q. O‘rtakash ikki kundan keyin “Sakmarskaya—Moskva” poyezdiga chipta olib berishini, Moskvada bizni prorab yurtdoshimiz kutib olishini aytdi. Yana ikki kun pul yig‘ib, ikki marta buxanka non bilan kun ko‘rdik.

    Moskvaga yetib borganimizda, bizni kutib olgani hech kim chiqmadi. Militsioner kelib, pasportlarimizni olib ketdi. Biroz o‘tgach, bir o‘zbek yigit kelib, 100 rubldan yig‘ib bersak, pasportlarimizni qaytib olishimiz mumkinligini aytdi. Qahraton, oyoqlardan sovuq o‘ta boshladi. Qornimiz och, qaltiray boshladik. O‘sha yerda odamlardan telefon so‘rab, bizni kutib olishi kerak bo‘lgan prorabga bir necha bor telefon qildik. U har safar turli bahonalar qilib, kechikayotganini aytardi. Unga baland ovozda gapira olmasdik — chunki bu yerda umid qilishimiz mumkin bo‘lgan undan boshqa inson yo‘q edi.

    Sovuqda yetti soat turdik, oyoqlarimiz hech narsani sezmasdi. Sovuqda odam ko‘kimtir bo‘lib ketar ekan. Bir vaqt prorabning o‘zi telefon qilib qoldi. Kattalarimiz o‘zini bosib: “Qayerdasan, kutib qoldik-ku”, deya olishdi. U bo‘lsa qurilishga odam kerakmasligini, faqat ustalarni olgani mashina jo‘natishini aytdi. Ichimizda ikki usta va ustalarga yordamchi bo‘lib, qo‘lidan ozroq ish keladigan bir kishi bor edi.

    O‘zimiz bilmagan holda ikkiga ajraldik. Ustalar o‘zini bizdan nari olib, “Qo‘lingdan ish kelmasa, nega kelasanlar?”, deb so‘kina ketdi. “Bizga baribir, ketaveramiz, senlar bilan ishimiz yo‘q”, deyishdi. Ustalardan birining ukasi biz bilan birga turibdi, sovuq shunchalar o‘tib ketganidanmi, bilmayman, ular hatto o‘z yaqinlarini ham tan olmay ketishga tayyor edi.

    Shu payt ustalardan biri sumkasini ochib, qorayib, mog‘orlab ketgan nonlarni ahlat idishga tashlay boshladi — biz sanab turdik, u mog‘or bosgan 12 ta nonni uloqtirdi. O‘tirib qoldim, ko‘zimdan yosh oqardi. “Nahotki! Qolganlar nonimga sherik bo‘lmasin deb, shuncha qiyinchiliklarda ham nonini ko‘rsatmagan bo‘lsa-ya, nomard! Balki ko‘rib qolishimizdan qo‘rqib, o‘zi ham yeya olmagandir”. Uni ko‘rib, narigi ikki usta o‘ziga keldi chog‘i, so‘kinib, yana prorabga telefon qilib: “Hov, prorab bo‘lgan sendan, menga qara!.. Hoziroq mashina jo‘nat, o‘zing ham kel, yo‘qsa ariza yozib qamatamiz!”, dedi. Prorab telefonnni o‘chirib qo‘ydi, so‘ng o‘zi qaytib qo‘ng‘iroq qildi. Hammamizni olib ketgani bir turk kelayotganini aytdi. Suyunib ketdik, sovuqda qotgan oyoqlarga ham jon kirgandek bo‘ldi.

    Bir yosh turk yigiti bizni olib ketgani keldi. Pasportimizni militsiya xodimi olib qo‘yganini aytdik. Qonunni bilmaganimiz shu-da: chipta bilan uch kun yurish mumkin ekan. Haligi turk turgan joyidan ruschalab qichqirib, pasportimizni olib qo‘ygan militsionerga bir narsalar dedi. Biz rus tilini tushunmaymiz ham. Bir zumda militsioner pasportlarni ko‘tarib keldi. Ikkalasi o‘dag‘aylashdi. Turk ustun keldi, shekilli, pasportlarimizni qaytarib oldik. Turk yigitning ortidan ergashdik, u ozroq o‘zbekcha ham gapirarkan.

    “Gazel”da yangi qurilgan, atrofi devor bilan o‘ralgan bino oldiga keldik. Turk yigit: “Ko‘chaga chiqmanglar, ruxsatnomasiz qorovullar kiritmaydi, biz ham yordam berolmaymiz”, dedi. Ichkariga kirib, beshinchi qavatga chiqdik. Hali ta’miri bitmagan, yog‘ochlardan karavot yasalgan bir xonaga kirdik. Xayriyat, issiq ekan. Bu bir vaqtlar Farg‘onadan qochib kelgan mesxeti turklarga qarashli qurilish ekanini aytishdi. Bizning kelishimizga temir chelakda no‘xat pishirib turishgan ekan — ikki-uch martalab suzib ichdik. Keyin bizni chaqirgan odam ko‘rindi — pastdekkina bo‘yli, mo‘ylovi bor, eski kiyimdagi bir ishchi.

    Ovqatlanib bo‘lgach, yigitlar tamaki chekkani zalga chiqdi. Bizni u yerda ko‘rgan boshqa bir turk: “Qorin to‘yishi uchun ishlagani kelganlar sizlarmi?”, deb so‘radi. Hayron bo‘ldik. Keyin bilsak, prorabimiz ustidan ariza tushishidan qo‘rqib: “Kelganlar qorni to‘yishi uchun ishlab tursin”, deb boshliqlaridan ruxsat so‘ragan ekan. Uning o‘zi yetti oydan beri maosh olmay yurgan, xotini har bir jo‘natgan odami uchun 30 ming so‘mdan pul olgani uchun, eriga: “Ularni qayerga bo‘lsa ham ishga joylaysan”, deb aytgan ekan.

    Hozir Rossiyaga kelib-ketish oson bo‘lib qoldi, shuning uchun mening bu gaplarim o‘sha kunlarni ko‘rmagan, o‘z boshidan o‘tkazmagan odam uchun ertakdek ko‘rinadi. O‘shanda, shuncha qiyinchilikdan so‘ng qaytib ketish or edi. Ba’zilar yo‘l kirasi uchun bitta mol sotib kelgandi. Uch oy maoshsiz yashab, yerdan 10 rubl topib olib, sevinib yig‘laganimni hech esimdan chiqarmayman. O‘sha 10 rublni albomimga skotchlab, avaylab olib qo‘yganman. Hozirgi kunlarimga shukurlar qilaman.

     Mavzuga doir: - Uylarni bitkazib, uylanish uchun Moskvada ishlayotgan andijonlik quruvchi-alpinist hikoyasi (video)

    - Rossiyada do‘stidan ayrilgan, qishlog‘ida masjid va bolalar bog‘chasi qurishni niyat qilgan samarqandlik muhojir hikoyasi (video)

    - Muhojirlar hayoti. Rossiyadagi namanganlik bog‘bon: “Rossiyada 13 yil davomida qilmagan ishim qolmadi. Hatto cho‘chqa ham boqqanman” (video)

    01.02.2018, 17:05   Izoh (0)   158762
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda notariuslar xonadonlarga borib sayyor notarial harakatlarni amalga oshirmoqda (foto)

    01.02.2018, 16:30

    Bojxonachilar 40 mln so‘mlik sigaret va saqichlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

    01.02.2018, 16:19

    2018-yilda O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarini ta’mirlash uchun 803,6 mlrd so‘m ajratiladi

    01.02.2018, 16:10

    Toshkent metropoliteni ilk bor yilni foyda bilan yakunladi

    01.02.2018, 15:52

    Ehtiyotsizlik oqibatida yaroqsiz holatga tushgan pasportni yangisiga almashtirish uchun qancha jarima to‘lanadi?

    01.02.2018, 15:35

    2018-yilda Toshkent shahrida 9 mingta xonadonga mo‘ljallangan uylar barpo etiladi

    01.02.2018, 15:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55

    Isroil bosh vaziri ovqatdan zaharlandi

    Dunyo | 20 iyul, 20:40

    Eronliklarga tanqislik sabab suvdan kamroq foydalanish buyurildi

    Dunyo | 20 iyul, 20:15

    Tramp Eronga yangi zarbalar bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 19:50

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05

    Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish narxi 3 baravar oshishi mumkin

    Dunyo | 20 iyul, 18:30

    Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi

    Sport | 20 iyul, 17:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.