AQSh ichki xavfsizlik vazirligi 29-yanvar, dushanba kuni Vashington 11 mamlakat qochoqlarining mamlakatga kirishini to‘liq taqiqlash amaliyotidan voz kechishini ma’lum qildi. Buning o‘rniga yanada sinchkov tekshirish amaliyoti joriy etiladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati bugungi kunga qadar rasman e’lon qilinmagan edi. Qochoqlar huquqlarini himoya qilish tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, gap Misr, Eron, Iroq, Liviya, Mali, Shimoliy Koreya, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya va Yaman haqida bormoqda. KXDRdan tashqari bularning barchasi musulmon davlatlaridir.
Muhojirlarning AQShga kirishini cheklash Trampning asosiy saylovoldi va’dalaridan biri edi. Prezident lavozimiga kirishgandan so‘ng bir nechta migratsiyaga oid farmonlar chiqardi. Ular turli shtatlar va instansiyalarda AQSh sudlari tomonidan kishilarni millatiga qarab kamsituvchi farmonlar sifatida bloklab qo‘yildi. 2017-yilning dekabrida esa OAVlari Trampning Afg‘oniston, Gaiti va Nigeriya muhojirlari haqidagi tahqirlovchi fikrlarini oshkor etdi.
Izoh (0)