AQSh moliya vazirligi Kongressga 210 rossiyalikdan iborat “Kreml ma’ruzasi”ni taqdim etdi, deb yozadi “TASS”.
Sansksiya ro‘yxatiga kirish uchun nomzodlar safidan 114 nafar yirik mansabdor va davlat kompaniyalari rahbarlari, shu jumladan, Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbariyati — Anton Vayno, Aleksey Gromov, Dmitriy Peskov va Vladislav Surkov o‘rin oldi.
Shuningdek, ma’ruzaga 96 nafar oligarx kiritildi, ular orasida Alisher Usmonov, Roman Abramovich, Sulaymon Karimov, Vladimir Potanin, Arkadiy va Boris Rotenberglar, Gennadiy Timchenko, Oleg Tinkov, Yevgeniy Kasperskiy va Pyotr Aven ham bor.
Izoh (0)