Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida topilgan 1,6 kilogrammli zumrad tosh elektron savdoga qo‘yiladi. Uning boshlang‘ich narxi to‘rt million rublni (71 ming dollar) tashkil qiladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Savdo vaqtida toshning narxi anchagina oshishi kutilmoqda. Ayni paytda uning uchun nom o‘ylab topilmagan, buni tanlov asosida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)