AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini barqaror daho deb atadi va to‘g‘ri ovqatlanishi hamda zararli ovqatni kamdan-kam iste’mol qilishini ta’kidladi. Britaniyaning ITV telekanaliga bergan intervyusida u o‘ziga shunday baho berdi, deb yozadi “TASS”.
“Men barqaror dahoman”, — dedi Tramp Twitter’dagi iborasini takrorlab.
Taomlardan qay birini afzal ko‘rishi, har qancha vaqtda gamburger iste’mol qilishi, kola-kola ichishi haqida so‘zlay turib, AQSh prezidenti quyidagilarni ta’kidladi: “Dunyoning eng yaxshi oshpazlari tomonidan tayyorlangan tansiq taomlar, foydali ovqatlarni iste’mol qilaman. Ba’zi holatlarda yuqorida sanab o‘tilgan taomlarni ham yeyman. O‘ylashimcha, yetarli darajada yaxshi ovqatlanaman”.
Izoh (0)