O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev finlyandiyalik hamkasbi Sauli Niinistyoga mamlakat prezidenti etib qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Finlyandiyada o‘tkazilgan saylovdan so‘ng amaldagi prezident Sauli Niinistyo ikkinchi muddatga qayta saylangani ma’lum bo‘ldi. Sauli Niinistyo ovozlarning 62,7 foizini, boshqa nomzodlar esa 15 foizdan kamini to‘pladi.
Izoh (0)