Pxenyanda 8-fevral kuni o‘tkazilishi belgilangan harbiy paradga tayyorgarlik jarayoni bilan mashg‘ul bo‘lgan KXDR fuqarolari soni 13 mingdan 50 ming nafargacha oshdi. Bu haqda KBS telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bu parad davomida turli kartinalar hosil qilinadigan plastinalar namoyishiga tayyorgarlik bilan bog‘liq ekanligi taxmin qilinmoqda”, — ta’kidlanadi xabarda. Telekanal manbalariga ko‘ra, paradga tayyorgarlik Pxenyan yaqinidagi Mirim aerodromida o‘tkazilmoqda.
23-yanvar kuni KXDR rahbariyati yangi rasmiy bayram — Koreya xalq armiyasiga asos solingan kunni ta’sis etishga qaror qildi. U har yili 8-fevral kuni nishonlanadi.
Izoh (0)