Ona fil bolasini unga hamla qilgan sherdan qutqargani videoga tushib qoldi. Daily Mail rolikka e’tibor qaratdi.
Hodisa Keniyadagi Samburu qo‘riqxonasida yuz berdi. Video yovvoyi tabiatni suratga olish bilan shug‘ullanuvchi britaniyalik operator Mett Brirli tomonidan tasvirga olindi.
Videoda onasining ortidan ketayotgan kichkina filchaga sher hujum qilmoqchi bo‘lgani, shu payt uning onasi yirtqichni quvib yuborgani aks etgan.
Brirlining aytishicha, ona filning laqabi Nablus bo‘lib, u 17 yoshda.
Izoh (0)