Andijon viloyatida 27-yanvar kuni bir ona to‘rt o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.
Baxtli onaning ismi Madinaxon bo‘lib, u Andijonning Oltinko‘l tumanidan. U 1993-yilda (boshqa manbalarga ko‘ra, 1994-yilda) tavallud topgan. U birinchi marta ona bo‘lishi.
“Hozirda ona va chaqaloqlarning ahvoli yaxshi”, — deb yozadi internet-nashr. “Kun.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, chaqaloqlarning vazni mos ravishda 800, 1800, 1950 va 1815 grammga teng.
Ma’lumot uchun, 2017-yilda O‘zbekistonda to‘rt egiz tug‘ilishi holati faqat bir marta qayd etilgan bo‘lib, u ham Andijon viloyati (Shahrixon tumani)da kuzatilgan edi.
Izoh (0)