Sergeli tumani hududida joylashgan do‘kon eshigi buzilib, uning ichidagi Sardor Erkinovga tegishli jami 13,2 million so‘mlik mol-mulk o‘g‘irlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘rilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan, 1988-yilda tug‘ilgan Sergey Fedyayev sodir etganligi aniqlandi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)