Turkiyaning Erzinjan viloyati fuqarosiga 25-yanvar, payshanba kuni milliy lotereyada 42,5 million turk lirasi (11,4 million dollar) yutuq chiqdi. Bu haqda Haber Turk telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“5, 12, 15, 17, 20, 40 — yutuq raqamlari bo‘ldi”, — aniqlik kiritadi lotereya tashkilotchilari.
Sabah gazetasining ta’kidlashicha, 61 million turk lirasi miqdoridagi Turkiya tarixidagi eng yirik jekpot yangi yil oqshomida o‘ynalgan va to‘rt kishi o‘rtasida taqsimlangan.
Izoh (0)