Janubiy Koreyaning Milyan shahridagi kasalxonada ro‘y bergan yong‘inda 13 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Yong‘in qirol Sejong nomidagi kasalxonaning birinchi qavatida joylashgan tez yordam bo‘limida sodir bo‘lgani bildirilmoqda. Uni 1,5 soatdan so‘ng bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi.
Kasalxonada ayni 100 ga yaqin bemor qolmoqda, 141 kishi evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)