Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Rossiya Britaniya infratuzilmasiga va energiya ta’minoti tizimiga zarba berishi mumkinligini, bu esa “minglab va minglab” qurbonlarga olib kelishi mumkinligini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru” The Telegraph’ga tayanib.
Nashrga bergan intervyusida Uilyamson Rossiya Britaniyaning nozik infratuzilmasini va uning energiya ta’minoti tizimi bilan aloqasini o‘rganayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “boshqa har qanday mamlakat nomaqbul deb topadigan” xatti-harakatlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Nashr eslatishicha, avvalroq Britaniya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Nikolas Karter Rossiyaning “dushmanlarcha xatti-harakatlari” haqida ogohlantirgan edi.
Izoh (0)