Germaniyalik tarixchi-o‘lkashunos Kristian Borman Berlin devorining unutib qoldirilgan 80 metrli qismini poytaxning Pankov okrugidagi daraxtzordan topdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bormanga ko‘ra, topilma devorning dastlabki holatida qolgan oxirgi qismi. Unda tikanli sim va qo‘riqlash tizimi signallari simi qoldiqlarini ko‘rish mumkin.
Tarixchi devorning unutilgan qismi haqida 1999-yildan beri bilgani, biroq bu ma’lumotni shu paytgacha sir saqlab kelganini ma’lum qildi.
Izoh (0)