Janubiy Koreyaning Milyan shahridagi kasalxonada yuz bergan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Avvalroq 13 nafar qurbon haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, 40 dan ortiq kishi turli darajada jarohat oldi.
Yong‘in qirol Sejong nomidagi kasalxonaning birinchi qavatida joylashgan shoshilinch yordam bo‘limida sodir bo‘lgan. Yong‘in chog‘ida binoda 100 ga yaqin kishi bo‘lgan.
Izoh (0)