Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inga Miryan shahridagi shifoxonada yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur shahardagi qirol Sejong nomli shifoxonada chiqqan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 kishidan oshdi. Shuningdek, 40 dan ortiq odam turli darajada jarohat oldi.
Izoh (0)