Buxoro viloyati Qorovulbozor shahridagi “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 60 yoshli Rejabali Jumartov (ismi-sharifi o‘zgatirilgan) 28 yoshli S.Shga bir dona gugurt qutisiga qadoqlab solingan 4,18 gramm marixuana giyohvandlik vositasini 150 ming so‘mga pullamoqchi bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zA.
Giyohfurush IIB jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 (O‘g‘rilik) , 226 (Ma’muriy nazorat qoidalarini buzish) va 276-moddalari (Giyohvand vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan muqaddam sudlangan.
Hozirda fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvand vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazsih) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)