Kataloniyaning “Barselona” klubi futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining yarim finaliga yo‘l olgan so‘nggi jamoaga aylandi. Bunga qadar “Sevilya”, “Valensiya” va “Leganes” klublari shunday baxtga ega chiqqandi.
“Qirollik klubi”da inqiroz davom etadi. “Leganes” futbolchilari “Real”ni Ispaniya Kubogidan chiqarib yubordi
Chorak finalning birinchi o‘yinida “Espanyol”dan 0:1 hisobida yengilgan “Barselona”, javob o‘yinida buning uchun o‘ch oldi va raqibi darvozasiga javobsiz 2 ta gol urishga erishdi. Shu kuni jamoaning yangi xaridi bo‘lgan Filippe Koutinyo kataloniyaliklar safida debyut qildi. Futbolchi 68-daqiqada Andres Inyestaning o‘rniga maydonga tushirildi.“Barselona” kubokning amaldagi sohibi hisoblanadi. Luis Enrike boshqaruvida klub bir yil avval finalda “Alaves”ni yengib, bosh sovringa ega chiqqandi. Ayni vaqtda Madridning “Atletiko” va “Real” klublari turnirdan chiqib ketgani inobatga olinsa, “Barselona”da yana bir sovrin yutib olish uchun yaxshi imkoniyat bor.
Izoh (0)