• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tomoshabin kinoteatrga qaytadi...mi?

    O‘zA O‘zbekistondagi kinoteatrlar faoliyatidagi oqsashlar, xususan, bu borada Samarqand viloyati va shahrida kuzatilayotgan holat haqida tanqidiy maqola chop etdi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Samarqanddagi “Sharq yulduzi” kinoteatri. Foto: “Panoramio.com”

    Samarqanddagi “Sharq yulduzi” kinoteatri. Foto: “Panoramio.com”

    Katta yoshli kishilar bilan kino mavzusida suhbatlashib qolsangiz, aksariyati “yoshligimizda mahallamizda klub bo‘lardi, katta-yu kichik borib kino ko‘rardik”, deydi. Yoki yurtimizning taniqli teatr aktyorlari kelib, spektakl namoyish etgani, ijodiy uchrashuv o‘tkazganini zavq bilan gapiradi. 

    Hozir ham o‘sha klub, kinoteatr bormi, deb so‘rasangiz, javoblar deyarli bir xil: “Kinoteatr to‘yxona bo‘lib ketdi”, “Klub o‘rnida savdo do‘koni, oshxona qurildi”, “Xususiylashtirib olganidan keyin o‘z bilganicha foydalanyapti” va hokazo.

    Bu fikrlarning barchasida jon bor. Haqiqatan ham, jamoa xo‘jaliklari balansida bo‘lgan klublar xo‘jaliklar tugatilayotganda xususiylashtirilib, ularning deyarli barchasi buzilib ketdi. Tuman, shaharlardagi kinoteatrlarning taqdiri ham shunday bo‘ldi. Faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirmaslik sharti bilan sotib olgan tadbirkorlar ham keyinchalik bu talabni unutib qo‘ydi. Aniqrog‘i, hech kim so‘ramay qo‘ygach, endi kinoteatrga ehtiyoj qolmadi, degan vaj bilan ular ham o‘z bilganicha ish tuta boshladi.

    Ana shunday munosabat tufayli bugun Samarqandda faoliyati saqlangan atigi 13 kinoteatr ro‘yxatda turadi. Ha, faqat ro‘yxatda turadi, aslida aksariyati faoliyat ko‘rsatmaydi. Viloyatda 16 shahar va tuman borligini hisobga olsak, demak, ayrim tumanlarda kinoteatrning o‘zi yo‘q.

    Birgina Samarqand shahrida “Sharq yulduzi” kinoteatrini hisobga olmaganda, boshqa muassasalarda qachon kino namoyish etilgani odamlarning esidan ham chiqib ketgan. Shaharda vaziyat shunday bo‘lgach, tumanlardagi ahvolni tasavvur qilavering. Hammamiz biladigan o‘sha holat – yuqoridan topshiriq bo‘lgach, maktab yoki kollej zalida o‘quvchilar uchun film namoyish etiladi. Yilda bir-ikki bor joylarda tashkil etiladigan kino festivallari doirasidagi filmlar namoyishining tomoshabinlari ham yana o‘sha o‘quvchilar, talabalar.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 3-avgustda ijodkor ziyolilar bilan o‘tkazgan uchrashuvida milliy kino san’atimiz, xususan, shunday og‘riqli masalalar haqida ham fikr yuritilgan edi. Oradan uch kun o‘tib, 7-avgustda davlatimiz rahbarining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Yil yakunida, ya’ni 29-dekabr kuni Prezidentimiz yana ushbu masalaga e’tibor qaratdi – milliy kino san’ati va kinoindustriyamizni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va bu borada mavjud muammolarni hal etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda davlatimiz rahbari dunyo miqyosida turli g‘oya va mafkuralar kurashi, odamlar, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini egallash uchun turli kuchlar o‘rtasida raqobat keskin tus olgan bugungi kunda eng ommaviy san’at bo‘lgan kinoning beqiyos imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz kerak, deb alohida ta’kidladi.

    Xo‘sh, davlat rahbari tomonidan kino san’ati va sanoatini rivojlantirishga qaratilayotgan bunday e’tibor, belgilab berilgan vazifalar ijrosi joylarda qanday kechmoqda? Kinoteatrlar faoliyatida jonlanish kuzatildimi?

    –Albatta, Prezidentimizning qarori va bildirgan fikrlaridan so‘ng, avvalo, tizimga bo‘lgan munosabat o‘zgardi, – deydi “O‘zbekkino” milliy agentligi Samarqand hududiy bo‘limi boshlig‘i F.Roziqov. – Samarqand viloyati hokimining 2017-yil 12-avgustdagi qarori bilan “O‘zbekkino” milliy agentligi viloyat bo‘limining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga asosan, bo‘limga 30 million so‘m mablag‘ ajratildi. 2018-yilda bo‘lim binosini va Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatri, “Jomboy kino” va “Qo‘shrabot kino” davlat unitar korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash hamda kinozallarni ta’mirlash belgilandi.

    Joylarda keng xalq ommasi uchun kino namoyishlarini muntazam yo‘lga qo‘yish maqsadida shahar, tumanlardagi 29 kasb-hunar kollejining faollar zali kinozalga moslashtirilmoqda. Tuman markazlari va qishloqlardagi madaniyat va aholi dam olish markazlarida ham kino namoyish etish uchun imkoniyat yaratilmoqda.

    Bundan tashqari, joriy yilda Milliy bank krediti asosida viloyatimiz shahar va tumanlarida 1 ta ikki qavatli, 3 ta bir qavatli, 2 ta yozgi kinoteatr qurilishi hamda 3 ta kinoteatrni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

    Hududiy bo‘limning kino targ‘iboti borasidagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida agentlik tomonidan Damas avtomashinasi berildi. Shuningdek, 50 million so‘mlikdan ortiq jihozlar ajratildi.

    Umuman, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni to‘laqonli bajarishimiz uchun zarur sharoit ham, imkoniyat ham yaratilmoqda. Gap ana shu imkoniyatlardan foydalanib, ishni to‘g‘ri tashkil qilishimizda, odamlarni kinoteatrlarga qaytara olishimizda. Bu boradagi amaliy ishlarga kirishib, Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida retro filmlari namoyishini yo‘lga qo‘ydik. Shuningdek, shahrimizga kelayotgan chet ellik sayyohlar uchun rus, ingliz tillarida filmlar namoyishi ham tashkil etildi. Lekin bu oldimizda turgan ulkan vazifalarni bajarish yo‘lidagi dastlabki harakatlardir.

    Ha, shahardagi kinoteatrlarda namoyish etilayotgan yangi filmlar, premyeralar, aktyorlar bilan uchrashuvlar orqali milliy kino san’atimizdagi yangilik va o‘zgarishlarni xalqimizga yetkazish, ularning bu boradagi tushunchalarini kengaytirish mushkul. Qachonki, nafaqat shahardagi, balki olis qishloqlardagi davralarda, xotin-qizlar, yoshlarning o‘zaro suhbatlarida ham o‘zligimizga xos bo‘lmagan xorijiy seriallar haqidagi suhbatlar o‘rnini o‘zimizning milliy kino va spektakllar haqidagi bahs-munozaralar egallasa, milliy kino san’atimizning ta’siri va tarbiyaviy ahamiyati sezilayotgani to‘g‘risida gapirsak, yarashadi. Aks holda, hamma gaplarimiz rahbarlar uchun yozilgan va faqat qog‘ozda qolib ketadigan shunchaki hisobot bo‘lib qolaveradi.

    25.01.2018, 10:10   Izoh (0)   12095
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident tashrifidan so‘ng Surxondaryoda maishiy chiqindilarni qayta ishlash zavodi ochildi

    25.01.2018, 09:59

    Sergelida temir yo‘lni kesib o‘tuvchi ko‘prik qurilishi boshlandi (foto)

    25.01.2018, 09:25

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi: noto‘g‘ri axborot tarqatish – og‘ir gunoh

    25.01.2018, 09:01

    Kattaqo‘rg‘ondagi maxsus bo‘limda ishlovchi “mayor” kimlarga nimalarni va’da qildi?

    25.01.2018, 08:55

    O‘zbekistonda strategik ahamiyatga ega korxonalarga tender o‘tkazmaslik huquqi berildi

    24.01.2018, 23:20

    Qashqadaryoda o‘g‘rilik uchun sudlangan shaxs jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab, Toshkentda yurgani aniqlandi

    24.01.2018, 22:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mashhur filmlarda ko‘pchilik sezmagan 17 xatolik

    Kino | 28 iyun, 15:35

    Rossiya Trampni qiziqtirgan litiy konni egallab oldi

    Dunyo | 28 iyun, 15:15

    Nima uchun yozda kasal bo‘lish xavfliroq: ichak infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha oddiy maslahatlar

    Maslahatlar | 28 iyun, 14:55

    Polshada dunyodagi eng qadimgi bumerang topildi (foto)

    Dunyo | 28 iyun, 14:45

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:30

    Janubiy koreyalik aktyor Li Min Xo muxlislaridan juda ko‘p sovg‘a olgani uchun tanqid ostida qoldi

    Kino | 28 iyun, 14:25

    Simone Inzagi: “Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”

    Sport | 28 iyun, 14:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.