27-yanvar kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Chempionatining final o‘yinida Vyetnamga qarshi saf tortadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladi.
Foto: Vyetnamning finalga yo‘l olishi mamalakatda katta bayramga sabab bo‘ldi. Ular uchun bo‘lajak raqib — O‘zbekiston
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur bellashuvni katta ekranda namoyish qilishga qaror qildi va futbol muxlislariga bayramga teng uchrashuvni birga tomosha qilishni taklif qildi.Buning uchun Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasi tanlab olingan bo‘lib, undagi 14x5 o‘lchamdagi ekranda Chanjou shahridagi final to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. Bu bilan muxlislar yelkama-yelka turib, futbolchilarni birgalikda qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xabarda aytilishicha, O‘FA vakillari sport majmuasiga kirish taklifnomalarini bepul tarqatadi. Ularga ega chiqishni istagan futbol ishqibozlari +998 98 307 80 88 yoki +998 90 985 42 88 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bepul taklifnomani-da qo‘lga kirita olmagan muxlislar, sport kompleksiga kira olmaydi. Talabgorlar yuqoridagi raqamlarga 26-yanvar kuni qo‘ng‘iroq qilishi aytib o‘tilgan.
Ravshan Haydarov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Yaponiya va Janubiy Koreya darvozasiga jami 8 ta gol urgach, ularning kuchiga bo‘lgan ishonch anchagina oshdi deyish mumkin. Endi ular Iroq hamda Qatarni penaltilar seriyasiga ko‘ra taslim qilgan Vyetnamni yengishi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)