Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1974-yilda tug‘ilgan Kenja Xamdamov ushlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
U Qashqadaryo IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan (firibgarlik) jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.
Kenja Xamdamov Mirobod tumani hududidagi mehmonxonada qo‘lga olindi.
Izoh (0)