• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Muhojirlar hayoti. Vladivostokdagi farg‘onalik yigit: “Qaytgim kelyapti. Lekin O‘zbekistonda buncha pul topishim qiyin” (video)

    “Daryo” internet-nashri “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilib boradi. E’lon qilinayotgan bu fikrlarda mehnat muhojirlari uchun shart-sharoitlar yaratish yo‘lida bugun boshlangan ishlar, o‘zgarishlar uchun taklif o‘laroq jaranglagan izohlar ham yo‘q emas.

    E’lon qilinayotgan birinchi monolog — Rossiyaning Vladivostok shahrida mehnat qilayotgan farg‘onalik yigitning fikrlari (uni “Daryo” muharriri Dilshod Sharipov yozib oldi). Uning iltimosiga ko‘ra, ismi-sharifi va uning shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilmadi, matn juz’iy tahrirlarga uchradi.

    O‘zim Farg‘onadanman, yoshim 22 da. Litseyni bitirib, keyin o‘qimadim. Hozircha oila qurmaganman.

    Pul topish maqsadida Rossiyaning Vladivostok shahriga kelganimga qariyb bir yil bo‘ldi. Qarindoshimning yonida qorovul bo‘lib ishlash uchun bir o‘zim keldim. Vladivostok Uzoq Sharqda joylashgan, poyezdda 10 kunlik yo‘l. Bu yerga yetib kelguncha chiptalar, yeb-ichish va hokazolarga 400 dollar atrofida pul sarfladim.

    Yo‘l davomida asosan O‘zbekiston poyezdlarida muammolar bo‘ldi. Birinchi muammo majburiy yo‘l sug‘urtasidan chiqdi. O‘zimizning milliy poyezdimizda o‘zimizdan chiqqan insonlar — provodniklarimiz yo‘lning boshida qozoqlarga “omonpuli” deb 1000 rubldan pul yig‘ib oldi. Qozog‘istondan chiqishda ham shunday bo‘ldi. Sug‘urta qayerda qoldi? Aslida nimani sug‘urta qildik, hayronman. Xullas, gapirsam muammo ko‘p, katta maqola bo‘ladi.

    Dastlab kelgan vaqtimda juda qiynaldim, buning ustiga til bo‘yicha muammolar bor edi. Ammo hozir bu yerdagi boshqa o‘zbeklarga qaraganda rus tilini ancha yaxshi o‘zlashtirdim.

    Ishni qorovullikdan boshladim, hozir eshik-rom yasaydigan sexning isitgichi uchun o‘tin yoraman. Baxtimga, boshlig‘im juda yaxshi inson, ishxonada do‘stona kayfiyat hukmron. Oyligim 500 dollar. 8 soatlik qat’iy ish vaqti belgilangan, xohishingizga qarab ko‘proq ishlashingiz mumkin. Bu ishga yangi keldim, ishni endi o‘rganyapman. Ish juda og‘ir, ammo bu ishimda yotoq, yeyish-ichishdan muammo yo‘q. Kiyim-bosh berishmadi, ammo shu kunlarda berishmoqchi shekilli. Tezroq olishim kerak. Kunduzi -30 daraja, kechasi -40 darajagacha sovuq bo‘ladi. Tashqarida o‘tin yorishim kerak — bunday sovuqda oson emas.

    Bu yerda noqonuniy ishlayapman, chunki hujjatlarni to‘g‘rilash xarajatlari va bir yillik to‘lovlarni hisoblasa, o‘rtacha 110 ming rubl (taxminan 2 ming dollar) bo‘ladi. Shuncha pulim bo‘lganida, O‘zbekistonning o‘zida o‘qishga kirgan yoki armiyaga ketgan bo‘lardim.

    Oila a’zolarim yonimda yo‘q, lekin butun O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mamlakatlaridan kelgan o‘zbeklar ko‘p. Primorye o‘lkasida 100 ming atrofida o‘zbek bor. Men o‘zim shu yerdagi 100 tacha o‘zbekistonlik bilan tanishman. Ular asosan xizmat ko‘rsatish va qurilishda mehnat qiladi. Negadir bu yerlarda rus, koreys va o‘zbeklardan boshqa millat vakillarini ko‘rmadim.

    Bu yerda payvandchilar, haydovchilar (B, C, D), benzoarrachilar, o‘t o‘ruvchi apparatlarni tushunadiganlar, oshpazlarga ehtiyoj bor. Rus tilini qancha yaxshi bilsa, shuncha yaxshi. Hozir O‘zbekistonlik ishchilar Vladivostokka har qachongidan ham ko‘proq kerak. Chunki xalqaro sanksiyalar tufayli bizning hududda minglab KXDR fuqarolari ishlash huquqidan ayrildi. Ularga achinaman.

    10 kilometr narida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi chegarasi joylashgan. Primoryeda bir necha yuz ming KXDR fuqarolari bor. Sanksiyalardan so‘ng, ularning 15 foizi qaytib ketdi, deyishyapti. Ko‘p joylarda shimoliy koreyaliklar ochgan korxonalar, tashkilotlar ham tugatilyapti. Ishxonamiz boshlig‘i asli olmaotalik koreys — janob Kim. Janob Kimning “tepa”da tanishlari ko‘p, shu sabab ishxonamizdagi koreyslarni olib qoldi.

    Mening Rossiyaga safarim muammolari poyezddan boshlangandi. Rossiyadagi elchixona va konsullik xodimlari umuman ishlamaydi, desa ham bo‘ladi. Ikki oy ko‘chalarda qolib ketdim, ming marta qo‘ng‘iroq qildim. Faqat bir marta qaytib telefon qilishdi va ruschada: “Vladivostokka yordam berolmaymiz, bilganingizni qiling”, — deb javob berishdi.

    Hozircha Rossiyadan qayta olmayman. O‘zbekistonda qolgan oilamning yolg‘iz boquvchisiman. Aslida juda ketgim kelyapti. O‘zbekistonda bu yerdagi kabi maosh olishim juda qiyin, buning ustiga institutda o‘qimaganman.

    Menimcha, O‘zbekistonda, ko‘p hollarda, biror joyga ishga kirishing uchun yo pora berishing kerak, yoki tanish-bilishing bo‘lishi kerak. Bunday illatlarga maoshning kamligi sabab. Mehnatdan qochmayman, agar O‘zbekistonda sharoit qilib berishsa, Rossiyada ishlayotgan pulimning 10 tasini topa olaman.

    Mavzuga doir:Muhojirlar hayoti. Novosibirskdagi shahrixonlik yigit: “Avvaliga uylanish uchun Rossiyada ishladim. Endi oilamni boqish uchun Rossiyadaman” (video)

    Mavzuga doir: Muhojirlar hayoti. Rossiyadagi namanganlik bog‘bon: “Rossiyada 13 yil davomida qilmagan ishim qolmadi. Hatto cho‘chqa ham boqqanman” (video)

    25.01.2018, 17:08   Izoh (0)   149374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    USAID O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi

    25.01.2018, 16:44

    Yoshlar ittifoqi moliya vazirligiga 1000 nafardan ortiq yosh kadr topib berdi

    25.01.2018, 16:33

    Norin tumanida bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 40 foizga kamaydi

    25.01.2018, 16:24

    O‘zbekiston delegatsiyasi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti yig‘ilishida ishtirok etadi

    25.01.2018, 16:23

    O‘zbekistonda kitob mualliflariga qalam haqi 80 foizga oshirildi

    25.01.2018, 15:40

    O‘zbekistonda 2 oyda 10 dan ortiq soxta nostrifikatsiya guvohnomalari aniqlandi

    25.01.2018, 15:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin qurshovida Ukrainadagi urushni tugatish tarafdori paydo bo‘ldi — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 17:25

    Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:11

    “Rasmingni qo‘yib ham kaltaklayveradi, qayoqqa qochasan?” — Zoir Mirzayev OAVdan qochayotgan hokimlar haqida

    O‘zbekiston | 11 avgust, 17:00

    Bolada til chiqishi kechiksa: bu normal holatmi yoki rivojlanishdagi muammo?

    Farzand | 11 avgust, 16:50

    “Futbol TV” hamda “Sport TV” kuchli beshlik chempionatlarini translyatsiya qiladi

    Sport | 11 avgust, 16:45

    “Odamlar muhim qarorlarni ChatGPT’ga ishonib topshirayotgani meni xavotirga soladi” — Sem Altman

    Dunyo | 11 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 16:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.