Bo‘stonliq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Ozodbosh Shirin Olma bog‘i” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli dala hovlida Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turadigan Ksyusha Pugachyova yashab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Pugachyova muqaddam 2017-yil 5-sentabr kuni Bo‘stonliq tumani JIB sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan sudlangan bo‘lib, unga nisbatan bir yil sinov muddati belgilangandi.
U ushbu dala hovlida fohishaxona saqlagan.
Pugachyova Bo‘stonliq tumanida yashovchi erkak va Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ayolga jinsiy aloqa uchun xona ajratib, sharoit yaratib bergan. Tadbir jarayonida bu holat fosh etildi.
Tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)