Rossiyaning 2018—2027-yillarga mo‘ljallangan qurollanish davlat dasturi qabul qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
“Biz 2027-yilgacha qurollanish dasturi va davlat mudofaa buyurtmasini qabul qilib bo‘ldik”, — dedi Putin Boshqirdistonga tashrifi chog‘ida.
Davlat dasturiga, jumladan, “Borey-B” atom suv osti kreyseri qurilishi, Su-57 va MiG-35 qiruvchi samolyotlarining safga qo‘shilishi, Tu-95, Tu-160 samolyotlari va Tu-22M3 bombardimonchisining takomillashtirilishi, yangi “Sarmat” strategik raketa kompleksi, S-500 zenit-raketa kompleksi, “Sirkon” gipertovushli raketasi ustidagi ishlar kiritilgan.
Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Yuriy Borisov oldinroq yangi dasturning asosiy yo‘nalishi yadroviy tiyish tizimlarini rivojlantirish bo‘lishini bildirgandi.
Izoh (0)