Afg‘onistonning Jalolobod shahrida Save the Children xalqaro gumanitar tashkiloti vakolatxonasi binosiga hujum oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 25-yanvar, payshanba kuni TOLO News telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq uch kishi halok bo‘lganligi va 24 kishi jabrlanganligi haqida ma’lum qilingan edi.
24-yanvar, chorshanba kuni xudkush terrorchi binoda o‘zini portlatib yubordi. Shundan so‘ng harbiy kiyimdagi jangarilar guruhi vakolatxona hududiga kirib xavfsizlik kuchlari bilan jangga kirishdi.
Hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)