Londondagi Christie’s kimoshdi savdo uyida Aleksandr Pushkin qalamiga mansub “Ruslan va Lyudmila” dostonining birinchi nashri 93,75 ming funt sterlingga (125,36 ming dollar) sotildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
1820- yilda nashr etilgan ushbu dostonning boshlang‘ich narxi 50-70 ming funt sterlingga (66,9-93,6 ming dollar) baholanayotgan edi. Pushkinning 1826-yilga oid she’rlar to‘plami esa 60 ming funt sterlingga (80,2 ming dollar) xarid qilindi.
Shuningdek, ingliz tabiatshunosi Charlz Darvinning 1861-yilda chop etilgan “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi” nomli kitobi 788,75 ming funt sterlingga (1,05 million dollar) sotildi.
Sahifalarida muallif qaydlari mavjud mazkur asarning boshlang‘ich narxi 300-500 ming funt sterlingga (400-668 ming dollar) baholangandi.
Izoh (0)