Boks afsonasi Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Sanjar Rahmonov 27-yanvar kuni professional ringdagi 11-jangini o‘tkazadi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.
Rahmonov bunda amerikalik Xaylon Uilyams bilan jang qiladi. AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o‘tadigan jang chiptalari 25 dollardan sotuvga chiqarilgan.
O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi prof ringda 10 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 9 tasida raqiblarini taslim qilishga erishgan. Yana 1 ta jangida esa durang qayd etilgan. Uilyams esa hozirgacha 21 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 16 tasida raqiblaridan ustun kelgan va 4 marta mag‘lub bo‘lgan. 1 ta jangida g‘olib aniqlanmagan.
Izoh (0)